You appear to have Javascript turned off or are not using a Javascript enabled browser. There are many features on Podcast Alley that require Javascript. For the best experience, please turn Javascript on or use a Javascript enabled browser.
Pick a Podcast Genre:
Search for a Podcast:

Top Podcasts
Add Your Podcast
Podcast Alley Badges

Site Statistics
Podcasts: 91,794
Comments: 252,455
Episodes:  6,070,164

Special Offers
GoDaddy Promo Codes
PetMeds Coupons
Eastbay Promo Codes
PETCO Discount

E-Content 100 Winner

Islom Dini

ACTIONS
SUBSCRIBE
LISTEN
VOTE
COMMENT
VISIT WEBSITE
Already Claimed
SHOW STATS
CATEGORY:

General

COMMENTS:

0 Total
0 April

VOTES:

0 Total
0 April

RANK:

6599 Average
No rank this month

"Islom Dini" Loyihasi sizlarga o'zbek, rus va ingliz tillarida ishonchli va sof Islomiy media materiallar taqdim etish bilan mamnun.

Iltimos, bizning videolarimizni tomosha qiling, ularga baho bering, fikrlaringizni bildiring.

Ushbu loyihani qo'llab quvvatlash uchun:

1. Yana yangi videolarimizga obuna bo'ling - Subscribe!
2. Bizning videolarimizni forum, blog, sardormirzo.com, uzfiles.com kabi o'zbek social media saytlarida tarqating - Spread!
3. Duo qiling - Pray!
4. Videolarga biriktirilgan reklamalarni bosing va taklif qilingan saytlarni ko'ring. Bu loyihamiz harajatlarini birmuncha qoplash uchun as qotadi. - Click!

www.IslomDini.info

Recent Episodes for Islom Dini
DATE: Fri, 06 Nov 2009
SIZE: 13.2 MB
DOWNLOAD EPISODE
Aroq ichish va ichirish illati - Shayx Obidxon qori, uzbek

Ushbu ma'ruza shayxning Toshkentdagi masjidlardan biridagi Juma xutbalaridan ajratib olindi. Aroq ichish va ichirish illati o'zbek xalqiga va musulmonlarga xos bir odat emasdir! O'zbeklarning ota-bobolari bunday xarom bir ishni qilishmagan. To'ylarda aroq qo'yish yoki aroq qo'yilmagan to'y egasini malomat qilishlik bu juda ablaxlikdir. Shayx Obidxon qorining "Urf odatlar va bid'atlar haqidagi" Juma xutbalaridan parcha. To'liq ma'ruzani islomdini.blip.tv sahifasiga qo'yamiz.

DATE: Fri, 30 Oct 2009
SIZE: 85.2 MB
DOWNLOAD EPISODE
Nashida: Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida?, uzbek

Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar bozorida? Ahli ilm qutulmaydi, doim kufr ozorida. Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. Nega Islom ko'rinmaydi? Nima yetmas bizga o'zi? E'tibori bo'lmadimu maxluqqa Xoliqning so'zi? Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. "Nega Islom ko'rinmaydi?",- yig'lar osmon, yig'laydi yer, "Yakson aylay, Sen izn ber. Ne bo'ldi bu insonga?", - der. Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. Musiqasiq islomiy qo'shiq. O'zbek tilida.

DATE: Thu, 29 Oct 2009
SIZE: 48.9 MB
DOWNLOAD EPISODE
2. Tahorat olish tartibi | Tahorat va namoz darslari, uzbek

Tahorat (vuzu) Ey iymon keltirganlar! Namozga turmoqchi bo‘lsalaringiz, yuzlaringizni va qo‘llaringizni chig‘anoqlari ila yuvinglar. Boshlaringizga mas'h tortinglar va oyoqlaringizni to‘piqlari ila yuvinglar. (Al-Moida surasi 5:6) Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. dedilarki, "Alloh tahorati buzilan kimsaning namozini qabul qilmaydi, agar u yana tahorat olmasa." (Buxoriy va Muslim rivoyati) Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. dedilarki, "Jannatning kaliti namozdir. Namozning kaliti esa tahoratdir." (Termiziy rivoyati) Rasululloh s.a.v. dedilarki, "Amallar savobi niyyatga bog'liqdir va kishi niyyatiga qarab mukofot oladi." (Buxoriy va Muslim rivoyati) "Bismillah" deb boshlash Tahoratni boshlashdan oldin Rasululloh s.a.v., "Allohning ismi bilan (boshlayman)", der edilar. (Abu Davud, Ahmad, Ibn Maaja rivoyati) Qaytaring: "Bis-mil-laah". Qo'llarni yuvish Muhammad s.a.v. qo'llariga suv quydilar va uch marta yuvdilar... (Buxoriy rivoyati) Og'izchi chayish ...so'ng u (s.a.v.) og'izlarini uch marta chaydilar... (Buxoriy rivoyati) Burunni chayish ...so'ng u (s.a.v.) uch marta o'ng qo'llari bilan burunlariga suv oldilar va chap qo'llari bilan qoqib chiqardilar... (Ahmad va Nasaiy rivoyati) Yuzni yuvish ...so'ng u (s.a.v.) yuzlarini uch marta yuvdilar... (Buxoriy rivoyati) Soqolni yuvish Payg'ambar Muhammad s.a.v (nam) qo'llarini soqollari orasidan o'tkazar edilar. (Ibn Maaja, Termiziy rivoyati) Bilaklarni yuvish ...so'ng u (s.a.v.) o'ng qo'llariga bir hovuch suv oldilar va o'ng bilaklarini yuvdilar. Keyin chap qo'llariga suv oldilar va chap bilaklarini yuvdialar... (Buxoriy) Boshga mas'h tortish ...so'ng u (s.a.v.) boshlariga mas'h tortdilar. Hamda ko'rsatkich barmoqlarini quloqlari ichiga kiritdilar va bosh barmoqlari bilan quloqlari orqasini artdilar... (Abu Davud, Ibn Maaja) Oyoqlarni yuvish ...va u (s.a.v.) oyoqlarining to'piqlarigacha bo'lgan qismini uch marta yuvdilar... (Buxoriy rivoyati) Payg'ambar Muhammad s.a.v. tahorat olganlarida oyoq uchlari orasiga kichik barmoqlari bilan suv o'tkazar edilar. (Abu Davud, Termiziy, Ibn Maaja rivoyati) Tahorat duosi Rasululloh s.a.v. dedilar, 'Agar kim tahoratni mukammal olganidan so'ng "Shohidmanki Allohdan o'zga iloh yo'qdir. U yagonadir - sherigi yo'qdir. Muhammad Uning quli va elchisidir." desa, Jannatning 8 darvozasi u uchun ochiladi va u xohlaganidan kiradi.' (Muslim rivoyati) Yod oling: "Ash-hadu an laa ilaha ill-Allaah, wahdahu la sharika lah wa ash-hadu anna Muhammadan abduhu wa Rasuluh" Xulosa 1. Niyyat qiling va "Bismillah" deng. 2. Qo'llarni yuving. 3. Og'izni chaying. 4. Burunni chaying. 5. Yuzni yuving. 6. Soqolni yuving. 7. Bilaklarni yuving. 8. Boshga mas'h torting. 9. Va oyoqlarni yuving Tahorat haqida umumiy nuqtalar Suvdan foydalanish Payg'ambar Muhammad s.a.v. atigi ikki hovuch suv bilan to'liq tahorat olar edilar. (Buxoriy va Muslim rivoyati) Tishlarni tozalash Payg'ambar Muhammad s.a.v. dedilar, "Ummatimga qiyin bo'lmaganida edi, ularga har namozdan oldin misvoq ishlatishni buyurgan bo'lar edim." (Muslim rivoyati) O'ng tomondan boshlash Payg'ambar Muhammad s.a.v. tahorat olganda o'ng tomondan boshlashni yaxshi ko'rganlar. (Buxoriy va Muslim rivoyati) Har qismni yuvish Payg'ambar Muhammad s.a.v. tahorat olganda har bir qismni bir, ikki yoki uch martadan yuvar edilar. Faqat boshga bir marta mas'h tortar edilar. (Buxoriy rivoyati)

DATE: Mon, 19 Oct 2009
SIZE: 77.0 MB
DOWNLOAD EPISODE
Farzand tarbiyasiga oid sunnatlar - Shayx Abduvali qori, uzbek

Ushbu bir soatlik ma'ruzada ustoz Abduvali qori farzandning tug'ilishidan boshlab, uni qanday to'g'ri islomiy tarbiya qilish bilan bog'liq farz va sunnat amallarni sanab o'tadilar va tushuntirib beradilar. Ushbu ma'ruzada xususan shular haqida suhbatlar bor: aqiqa, ism qo'yish va xatna. Asli Islom dinidan bo'lgan ushbu amallar xalqimiz madaniyatiga urf-odat sifatida singib ketgan va o'zining ilohiy ahamiyatini va asl sunniy ko'rinishini yo'qotgan. Ustozimiz sunnatni qayta tiklash, bid'at va xurofotlarni hamda to'qima urf-odatlarni dindan ajratish maqsadida ushbu ma'ruzada ko'plab jiddiy muammolarga urg'u beradilar. Iltimos, ushbu ma'ruzani albatta ixlos va hafsala bilan tinglang. Ilmlarga amal qiling va boshqalarga ham o'rgating. IslomDini loyihasi. 1430-yil. http://www.islomdini.com

DATE: Sun, 18 Oct 2009
SIZE: 38.1 MB
DOWNLOAD EPISODE
Rasululloh la'natlagan kishilar - Abduvali qori, uzbek

Rasululloh quyidagi kishilarga "Allohning la'nati bo'lsin!" deya la'nat aytdilar. Ehtiyot bo'ling va siz ham Rasululloh s.a.v.ning la'natiga duchor bo'lgan kimsalardan bo'lib qolmang. http://islomdini.com

DATE: Sun, 18 Oct 2009
SIZE: 36.2 MB
DOWNLOAD EPISODE
Abu Bakr r.anhu fazilatlari - Shayx Abduvali qori, uzbek

Qur'onda, hadislarda va boshqa sahobalarning so'zlarida sahoba Abu Bakr r.anhu haqida nimalar deyilgan? Shayx Abduvali qori darslaridan olindi. IslomDini Loyihasi. http://islomdini.com

DATE: Sun, 18 Oct 2009
SIZE: 9.08 MB
DOWNLOAD EPISODE
Alloh Taolo qayerda? - Shayx Abduvali qori, uzbek

Alloh taoloning sifatlari, Allohning qandayligi, qayerdaligi, nima qilishi haqidagi ta'riflarini biz Qur'on va Sahih hadislardagi bilimlardan o'rganamiz. Ana shu bilimlarni qanday to'g'ri o'rganish va ular asosida huddi Payg'ambarimiz s.a.v. sahobalarga o'rgatgani kabi va sahobalar bizlarga o'rgatgani kabi to'g'ri Islomiy e'tiqod xosil qilish juda muhimdir. Chunki tarixda ko'p adashgan firqalar Allohning sifatlari va ta'riflari haqida ko'p noto'g'ri e'tiqodlar yo'liga kirib ketdilar va ba'zilari hatto kofir bo'lib dindan chiqib ketdilar. Allohim bizlarni ular kabi zalolatga ketishdan asrasin. IslomDini Loyihasi. http://islomdini.com

DATE: Sun, 18 Oct 2009
SIZE: 12.4 MB
DOWNLOAD EPISODE
1. Islomda tozalik | Tahorat darslari

Alloh hidoyatini qabul qilib Jannat yo'lini tanlab, bu dunyoda iymon, tahorat va namoz bilan yashnamoqni niyyat qilganlar uchun "Tahorat va Namozdan" boshlang'ich darslarimizni taqdim etamiz. Ushbu darslar Avstraliyalik musulmonlar tomonidan tayyorlangan bo'lib, o'zbek tiliga IslomDini loyihasida ost-yozuvli tarjima qilindi. Bu inglizcha o'rganmoqchi bo'lgan musulmonlar uchun ham ancha foydali bo'ladi deb umid qilamiz. Birinchi dars har bir musulmon amal qilishi kerak bo'lgan eng sodda shaxsiy gigiyena qoidalari haqida. Darsimiz davomida va umuman IslomDini loyihasi darslarida bu mavzularga hali yana ko'p qaytib kelamiz. Tushunmagan savollar bo'lsa va video qo'llanma sifati haqida tanbeh-shikoyatlar bo'lsa, bemalol biz bilan bog'laning. IslomDini Loyihasi, 1430-yil. http://islomdini.com

DATE: Fri, 16 Oct 2009
SIZE: 49.9 MB
DOWNLOAD EPISODE
Salom berishning fazilatlari - Shayx Abduvali qori, uzbek

Salom berish haqida Qur'on va Sunnatda nimalar bayon qilingan? Ustoz Abduvali qori bu darsda salom berishning, musulmonlar orasida salomni fosh qilishning fazilatlari haqida oyat, hadis hamda salaflar hayotidan rivoyatlarni sharhlab beradilar. Boshqa yana ko'plab islomiy ma'ruzalarni IslomDini loyihasidan topasiz. http://islomdini.com

DATE: Fri, 16 Oct 2009
SIZE: 65.3 MB
DOWNLOAD EPISODE
Sunnat va uning ahamiyati - Shayx Abduvali qori, uzbek

Sunnat nima? Sunnatning qanday turlari bor? Rasululloh Muhammad s.a.v.ga itoat qilish va u kishi buyurganlarini bajarish varzmi? Hadislarga ergashish farzmi? Hadislarni rad etadiganlar musulmonlarmi? Shayx Abduvali qorining ushbu darsi bizga Sunnat va uning Islom dinida ahamiyati haqida. IslomDini loyihasidan video va audio shakllardagi ko'plab islomiy ma'ruzalarni toping. http://islomdini.com

DATE: Sat, 05 Sep 2009
SIZE: 7.58 MB
DOWNLOAD EPISODE
Amerikada azon chaqirish (Dearborn, Michigan, USA)

Amerika Qo'shma Shtatlarida faqatgina bir shaharda masjiddan azon qattiq ovoz bilan chaqiriladi. Michigan shtatining Dirborn (Dearborn) shahrida Musulmonlar eng ko'p yashaydilar. Bu yerda bir necha masjidlar, islomiy halol oshxonalar va islomiy maktablar bor. Dix Dearborn masjidida azon kuniga 4 mahal baland ovozda butun mahallaga eshittirib chaqiriladi. Hozircha faqat bomdod namozi past ovozda bo'ladi. Dix mahallasidagi musulmonlar asosan Yamandan ko'chib kelganlar bo'lib, ayollari hijob va niqobda yurishadi. Dix Dearborn masjidi avval shiya masjid bo'lib tashkil qilingan, keyin sunniylar boshqaruviga o'tgan. Video asli: http://www.youtube.com/watch?v=cOzhgeGX8BM "Musulmon Ummat" rukni. "IslomDini" loyihasi. http://www.islomdini.com

DATE: Sat, 05 Sep 2009
SIZE: 24.7 MB
DOWNLOAD EPISODE
The Ultimate Justice of Jesus Being Crucified

The Father sacrificed His "only Son" for the sins of folks. The innocent "Son" was murdered so that sinners can do whatever and get away with it. Where is the Justice? Does the Father have to do this in order to forgive people? Can not the Almighty just forgive people without this ugly ceremony? What usually happens in life is: Mother or father sacrifice themselves to save the child. But, in Christian dogma it is the other way around. Father throws his child into death in order to achieve what he wants. In Islam: Muslims do not believe that Jesus the Messenger from God was crucified. Quraan says: And because of their saying (in boast), "We killed Messiah 'Iesa (Jesus), son of Maryam (Mary), the Messenger of Allah," - but they killed him not, nor crucified him, but the resemblance of 'Iesa (Jesus) was put over another man (and they killed that man), and those who differ therein are full of doubts. They have no (certain) knowledge, they follow nothing but conjecture. For surely; they killed him not [i.e. 'Iesa (Jesus), son of Maryam (Mary) ] (An-Nisa 4:157)

DATE: Sat, 05 Sep 2009
SIZE: 57.8 MB
DOWNLOAD EPISODE
Shaytonlar zanjirlangan oy | Fazilatli Ramazon - Obid qori

Birinchi hadis sharhining 2-qism. Abu Hurayra r.anhudan rivoyat. Rasululloh s.a.v. aytdilar: "Ramazon oyi kirsa, osmon eshiklari ochib qo'yiladi, Jahannam eshiklari yopib tashlanadi, shaytonlar zanjirband qilinadi." (Imom Buxori va Imom Muslim) Ushbu ikkinchi qismda ustoz Obidxon qori Ramazon oyida Jahannam darvozalari ham yopib qo'yilishi va shaytonlar zanjirlanishi haqida sharhlar beradilar. Jahannam eshiklari yopilgan Ramazon oyida gunoh ishlar bir muncha kamayadi. Gunoh ishlarga o'rganib qolgan kishilar esa birdaniga ro'za tutadigan, namoz o'qiydigan va hatto taroveh kabi nafl namozlarni ham o'qiydigan bo'lib qoladilar. Ushbu hadis bizlarga Jannat va Jahannam hozirdan ham tayyor bor ekanligini bildiradi. Jannat va Jahannam faqat Qiyomat kunidan keyin paydo bo'ladi degan gaplar yolg'onligini ko'rsatadi. Yana ushbu hadis gunohlar sodir bo'lishiga sabab faqat shaytonlar emasligiga ham ishora qiladi. Ya'ni shaytonlar zanjirlangan bo'lsa ham, insonning nafsi va yomon odatlari baribir Ramazonda ham gunohlar qilishga undaydi. Shunday ekan, Ramazonda gunoh qilganlar bilsinlarki, bu gunoh ularning to'ppa-to'g'ri o'zlarining ayblari tufayli bo'lmoqda. Vallohu a'lam.

DATE: Tue, 01 Sep 2009
SIZE: 56.8 MB
DOWNLOAD EPISODE
Samo darvozalari ochilgan oy | Fazilatli Ramazon; uzbek

Birinchi hadis. Abu Hurayra r.anhudan rivoyat. Rasululloh s.a.v. aytdilar: "Ramazon oyi kirsa, osmon eshiklari ochib qo'yiladi, Jahannam eshiklari yopib tashlanadi, shaytonlar zanjirband qilinadi." (Imom Buxori va Imom Muslim) Ramazon oyida Samo eshiklari, Jannat eshiklari va Rahmat eshiklari ochilar ekan. Bu nima ma'noni bildiradi? Buning yerdagi insonlar hayotiga va ruhiyatiga qanday ta'siri bor? Mana shular haqida ustoz Obidxon qori ushbu birinchi qismda tushuntirib beradilar. Qolgan qismlarda hadisning boshqa qismlari ma'nolari bilan tanishib chiqamiz. Iltimos, bizning islomiy IslomDini video-kanalimizni kuzatib boring. IslomDini Loyihasi http://www.islomdini.com

DATE: Sun, 30 Aug 2009
SIZE: 1.92 MB
DOWNLOAD EPISODE
Muqaddima | Fazilatli Ramazon - Shayx Obidxon qori, uzbek mp3

Muqobil:

There are 85 more episodes in this feed. View All Episodes

Top 10 Podcasts
The AMM Electro Acoust...
Health Ranger Report
The Flop House
Animation Podcast
Free Talk Live
Dan Carlin's Hardcore ...
Common Sense with Dan ...
Chiropractic OnLine To...
EVERYTHING ACTING PODC...
Pod-porn.com

5 Featured Podcasts
Buzz Out Loud (MP3)
Lab Rats
Tech Weekly
Up Next at CES Podcast...
TechVi - All Shows

5 Newest Podcasts
Surrounded in Pittsbur...
Sword and Scale
The Magick Jukebox
eClinicalWorks Podcast...
HouseDeelings

home | about | support this site | contact | MEVIO
© 2004 - 2014 Chris McIntyre and PodcastAlley.com